+24° Kechasi +16°
Toshkent (Bugun, 10 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 695.00 so'm (+11.01 so'mga)
138.12 so'm (-1.12 so'mga)
13 648.39 so'm (+0.42 so'mga)
16-11-2023, 17:43
180

Malakali tadbirkorlarga yanada ko‘proq imtiyozlar beriladi

Malakali tadbirkorlarga yanada ko‘proq imtiyozlar beriladi

So‘nggi yillarda iqtisodiyotimiz poydevori bo‘lmish kichik biznes, oilaviy va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Hususan, ushbu kategoriyadagi tashkilotlarga bir qator imtiyozlar, soliq preferensiyalari va yengilliklar berilmoqda.

Ushbu maqsadlarda joriy yilning 14 sentyabr kuni ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi amalga oshiriladi.

Mazkur dastur doirasida kichik biznes vakillari moliyaviy va tadbirkorlik savodxonligiga o‘qitilib ularga bir qator moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari beriladi. Jumladan:

– 100 million so‘mgacha garovsiz kreditlar;

– 150 million so‘mgacha garov talabi 50%ga pasaytirilgan kreditlar;