+23° Kechasi +16°
Toshkent (Bugun, 10 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 695.00 so'm (+11.01 so'mga)
138.12 so'm (-1.12 so'mga)
13 648.39 so'm (+0.42 so'mga)
16-11-2023, 16:15
180

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi mahallalar, umumta’lim maktablari va tibbiyot muassasalarida bo‘ldilar. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shahar va tuman mahalliy Kengashlari deputatlari, mahalla faollari, nuroniylar ishtirok etgan tadbirlarda mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida, konstitusiyaviy islohotlar natijalari, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning poytaxtimiz Toshkent shahriga berayotgan e’tibori, oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumandagi 339-sonli umumta’lim maktabida nuroniylar, mahalla faollari, mahalliy Kengash deputatlari hamda yoshlar bilan ko‘chatlar ekdi.