+24° Kechasi +16°
Toshkent (Bugun, 10 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 695.00 so'm (+11.01 so'mga)
138.12 so'm (-1.12 so'mga)
13 648.39 so'm (+0.42 so'mga)
16-11-2023, 10:57
179

OTB O‘zbekistonga chiqindi sohasini barqaror boshqarishda yordam beradi

OTB O‘zbekistonga chiqindi sohasini barqaror boshqarishda yordam beradi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Osiyo taraqqiyot banki Suv va shaharsozlikni rivojlantirish sektori katta direktori Norio Saito bilan uchrashdi.

BMTning cho‘llanish, yerlarning degradasiyasi va qurg‘oqchilikka qarshi Konvensiyasi ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Aziz Abduhakimov Osiyo taraqqiyot banki bilan samarali hamkorlik o‘rnatilganini alohida ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan Markaziy hamda G‘arbiy Osiyo hududlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning 17 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatimiz mintaqada bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda.

Uchrashuv davomida shaharlarni kompleks rivojlantirish, ekologiya sohasidagi xodimlar malakasini oshirish, chiqindini qayta ishlash sohasidagi kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘z navbatida Norio Saito 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasining 2-bosqichini boshlash taklifini bildirdi. Shuningdek, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshirayotgan islohotlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Osiyo taraqqiyot banki Suv va shaharsozlikni rivojlantirish sektori katta direktori Norio Saito O‘zbekistonda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, qurg‘oqchilik va ocharchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Qolaversa, OTB bu boradagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini qayd etildi.