+18° Kechasi +13°
Toshkent (Bugun, 20 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-11-2023, 19:14
120

Dunyoning eng zo‘r polvonlari Kurash vatanida kuch sinashadi

Dunyoning eng zo‘r polvonlari Kurash vatanida kuch sinashadi

Joriy yilda Xalqaro Kurash assosiasiyasi hamkor tashkilotlar bilan xalqaro turnirlar o‘tkazishning yangi tizimini yo‘lga qo‘ygan edi.

World Series Pro va World Series Masters deb nomlangan turnirlarda dunyoning barcha qit’asi milliy federasiyalari va eng sara polvonlar ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

Qit’aviy chempionatlar so‘ngida World Series Pro turniri uchun erkaklar -66 kg, -81 kg, -90 kg va mutloq vaznt toifalarida ayollar -57 kg, -70 kg va mutloq vazn toifalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun gilamga chiqdilar.

IKA taqvim rejasiga asosan aprel oyida Xitoyning Xangjau shahrida Osiyo qit’asi, iyul oiyda Misrning Qohira shahrida Afrika qit’asi, avgustda Dominikan Respublikasining Santo-Domingo shahrida Panamerika qit’asi va oktyabr oyida Gresiyaning Saloniki shahrida Yevropa qit’asi saralash bosqichlari o‘z g‘oliblarini aniqladilar.

Musobaqa nizomiga ko‘ra har bir qit’aviy bosqichda 1 va 2 o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar musobaqaning final bosqichi World Series Masters turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar. Yil davomida eng kutilgan damlar ham yaqiqlashmoqda. 22 -noyabr kuni Toshkentda World Series Masters o‘z g‘oliblarini aniqlaydi.

O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Kurash federasiyalari tomonidan mazkur eng nufuzli Kurash bayramining eng yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Toshkent shahridang eng zamonaviy “Alpomish” sport saroyida 4 qit’adan kelgan dunyoning eng kuchlilari bellashadi. G‘oliblarni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini kutmoqda. 1-o‘rin 10 000 AQSh dollari, 2 -o‘rin 5 000 AQSh dollari va 3 o‘rin egalari 1 000 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.