+19° Kechasi +13°
Toshkent (Bugun, 20 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-11-2023, 19:13
119

Xalqaro va mahalliy olimlar qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurashning innovasion usullarini muhokama qildilar

Xalqaro va mahalliy olimlar qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurashning innovasion usullarini muhokama qildilar

Samarqandda BMTning cho‘llanish, yerlarning degradasiyasi va qurg‘oqchilikka qarshi Konvensiyasi ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi (CRIC-21) doirasida mahalliy va xalqaro olimlar, mutaxassislar ishtirokida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

«Ta’lim va yerdan foydalanishning ilmiy asoslangan, innovasion yondashuvi yer degradasiyasi hamda qum va chang bo‘ronlarining salbiy oqibatlarini yumshatishga yordam bera oladimi?» mavzusiba g‘ishlangan o‘tkazilgan tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti, UNCCD (BMTning cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi) va UNCD (BMT Taraqqiyot dasturi) vakillari, 10 ga yaqin xorijiy davlat ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, olimlar ishtirok etdi.

«Tadbirda asosiy masala qurg‘oqchilik, yerlarning degradasiyasi va cho‘llanishga qarshi kurashda ta’lim, ilm-fanning ahamiyatini oshirish, innovasion yondashuvlarga qaratildi, — dedi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Po‘latov. — Chet ellik mutaxassislarga yurtimizda qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdik. Ularga, Orol dengizi hududida cho‘llanishga qarshi olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, juda ko‘p miqdorda saksovul o‘simligi ekilayotganligi ma’qul keldi. Bugungi kunda cho‘llanishga qarshi kurashda suv resurslarini saqlab qolish juda muhim hisoblanadi. Olimlar bilan muhokamalarda shu mavzuga ham e’tibor qaratdik».

Muzokaralar davomida chang va qum bo‘ronlari asosiy e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan masalalardan ekanligi ta’kidlandi.

«Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashda innovasiyalar va yangi texnologiyalar juda muhim hisoblanadi. Biz turli xil amaliyotlarning biofizik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini ko‘rib chiqdik, qum va bo‘ronlarning qaynoq nuqtalarini aniqlash kabi masalalarni ko‘rib chiqdik, — dedi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakili Feras Ziadat. — Maqsadimiz qum va changni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlash va bartaraf etishdir. Chunki bu nafaqat Markaziy Osiyo, balki boshqa qit’alarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, qum va chang bo‘roni dunyoning 151 ga yaqin davlatiga ta’sir qilmoqda».

Tadbir davomida O‘zbekistonda ekologiya va cho‘llanish muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan universitetlar va ilmiy muassasa vakillari o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. Shuningdek, UNCCD va UNDP kabi xalqaro tashkilot vakillari chang va qum bo‘ronlariga qarshi kurashish sohasida hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Qolaversa, Orol dengizidagi cho‘llanishga qarshi kurash choralari ham kun tartibidan o‘rin oldi.