+19° Kechasi +13°
Toshkent (Bugun, 20 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-11-2023, 19:12
116

Euronews: Xokkey O‘zbekistonda eng ko‘p muhokama qilinadigan nufuzli sport turlaridan biriga aylanmoqda

Euronews: Xokkey O‘zbekistonda eng ko‘p muhokama qilinadigan nufuzli sport turlaridan biriga aylanmoqda

O‘zbekistonda xokkeyning qayta tiklanishi haqidagi lavha mashhur Euronews telekanali orqali namoyish qilindi. Mavzuda asosiy e’tibor yoshlar terma jamoasiga qaratilgan.

Euronews jurnalisti Galina Polonskaya xokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etib, yosh sportchilarning yuksak salohiyatini ta’kidladi.

Komanda sardori Jasurbek Rustamxonov o‘tgan yili Mo‘g‘ulistonda o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo va Okeaniya chempionatining eng yaxshi xokkeychisi sifatida e’tirof etildi. O‘sha vaqtda u tomonidan kiritilgan 14 ta mahoratli gollar O‘zbekiston terma jamoasini mintaqa chempionati yetakchilari qatoriga olib kirdi.

O‘zbekistonda xokkeyning qayta tiklanishi yoshlarning sportning ushbu ommabop turi bilan shug‘ullanishlariga turtki bo‘lmoqda.

“Xokkey 30 yildan beri rivoj topmagan yangi sport turi desak, adashmaymiz, - deydi O‘zbekiston xokkey Federasiyasi Prezidenti Baxtiyor Fazilov. – Biz uni qayta tiklab, yanada targ‘ib qilmoqchimiz. Federasiyamizning maqsadi – 2025-yilda xokkey bo‘yicha Jahon chempionatiga chiqish”.

Qisqa 5 yil ichida xokkey Federasiyasi nafaqat “Humo” xokkey klubini va mamlakatning muvaffaqiyatli yoshlar terma jamoasini yaratishga, balki o‘zbek xokkeyini muxlislarining sevimli o‘yiniga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Respublikamizning asosiy muz saroyi — Humo Arena majmuasida o‘yinlar rekord darajadagi tomoshabinlarni chorlamoqda va xokkey O‘zbekistonda eng ko‘p muhokama qilinadigan nufuzli sport turlaridan biriga aylanmoqda.