+18° Kechasi +13°
Toshkent (Bugun, 20 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-11-2023, 19:11
122

Samarqanddagi «CRIC-21 yashil bog‘i»da 1000 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi

Samarqanddagi «CRIC-21 yashil bog‘i»da 1000 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi

BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvnensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida Samarqandda «CRIC-21 yashil bog‘i» barpo qilindi.

Tadbirda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash bo‘yicha Konvensiya ijrochi kotibi Ibrohim Tiau, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda xorijiy delegasiyalar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida «CRIC-21 yashil bog‘i»da 1000 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Ma’lumot uchun, bog‘ hududi 2,5 gektarga teng bo‘lib, aholi uchun xizmat qiladigan jamoatchilik bog‘iga aylantiriladi.

Ta’kidlash joizki, daraxtga ehtirom va uning ramziyligi ko‘hna o‘zbek an’analaridan biridir. Moddiy va nomoddiy madaniy merosimizga nazar tashlar ekanmiz, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p hollarda aynan daraxt ramzi bilan ifodalanishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan «Yashil makon» umummilliy loyihasi bugun an’anaga aylandi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, vazirlik huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi va hamkor tashkilotlar tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yurtimiz bo‘ylab daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Xususan, ushbu loyiha boshlanganidan beri o‘tgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.