+18° Kechasi +13°
Toshkent (Bugun, 20 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-11-2023, 19:10
112

Samarqandda BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi ish boshladi

Samarqandda BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi ish boshladi

2023 yilning 13–17 noyabr kunlari «Silk Road Samarkand» kongress markazida BMT Konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.



Tadbirda 196 mamlakat va Yevropa Ittifoqidan 500 ga yaqin delegatlar, fuqarolik jamiyati va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etmoqda. Ular Konvensiyaning strategik maqsadlariga erishish yo‘lidagi taraqqiyotni ko‘rib chiqadilar. UNCCD imzolanganidan beri birinchi marta uning eng muhim yig‘ilishlaridan biri Markaziy Osiyoda o‘tkazilmoqda.

CRIC-21 ishtirokchilari BMTning 2018–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq yer degradasiyasining oldini olish bo‘yicha global maqsadlarga erishish bo‘yicha taraqqiyotni ko‘rib chiqish va tavsiyalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi.