+18° Kechasi +13°
Toshkent (Bugun, 20 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-11-2023, 19:09
71

“Mastercard” bilan hamkorlikda kiberxavfsizlik va firibgarliklarga qarshi choralar yuzasidan seminar tashkil etildi

“Mastercard” bilan hamkorlikda kiberxavfsizlik va firibgarliklarga qarshi choralar yuzasidan seminar tashkil etildi

Markaziy bankda “Mastercard” kompaniyasi bilan hamkorlikda to‘lov kartalari industriyasida kiberxavfsizlik va firibgarliklarga qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Tadbir Markaziy bank va “Mastercard” o‘rtasida 2022 yil iyul oyida imzolangan (https://t.me/centralbankuzbekistan/6636) hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu kabi tadbirlar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kiberxavfsizlik sohasidagi muhim tashabbus hisoblanadi.

Seminarda tijorat banklari va to‘lov tashkilotlarining tegishli mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Mastercard” vakillari tomonidan to‘lov kartalari industriyasidagi firibgarliklarning usullari va sxemalari, ijtimoiy injeneriya bilan bog‘liq firibgarlik turlari, ekvayring risklari va ularni kamaytirish bo‘yicha ma’lumot berildi. Savdo-servis tashkilotlari va servis provayderlari bilan ishni tashkil etish bo‘yicha asosiy talab va yondashuvlar tushuntirildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi va tadbir so‘ngida kompaniya vakillari tomonidan tegishli sertifikatlar topshirildi.