+18° Kechasi +13°
Toshkent (Bugun, 20 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-11-2023, 19:07
71

Xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida

Xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida

So‘nggi davrda savdoni rivojlantirish O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Hukumat ushbu sohani yanada isloh qilish, undagi tartib-qoidalarni soddalashtirish va optimallashtirish, tarif va tarifsiz to‘siqlarni olib tashlash, eksport nomenklaturasi va geografiyasini kengaytirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan:

Bojxona ma’muriyati sohasida bojxona to‘lovlari stavkalari ikki baravar kamaytirildi, 3500 dan ortiq mahsulot turlariga import stavkasi va 1000 dan ortiq turdagi mahsulotlar uchun aksiz solig‘i nolga tenglashtirildi.

Shu bilan birga, havfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etildi, eksport-import operasiyalari davomida keraksiz hujjatlarni talab qilish tartibi bekor qilindi va "yagona oyna" bojxona axborot tizimi joriy etildi.

Bu kabi ishlar soliq ma’muriyati sohasida ham amalga oshirildi. Xususan,

- to‘lanadigan soliqlar 13 turdan 9 turga qisqartirildi;