+24° Kechasi +16°
Toshkent (Bugun, 10 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 695.00 so'm (+11.01 so'mga)
138.12 so'm (-1.12 so'mga)
13 648.39 so'm (+0.42 so'mga)
17-11-2023, 10:49
211

Volodimir Zelenskiyning tv’kidlashicha, Rossiya Ukraina jamiyatida bo‘linish paydo qilish uchun dezinformasion reja tayyorlamoqda

Volodimir Zelenskiyning tv’kidlashicha, Rossiya Ukraina jamiyatida bo‘linish paydo qilish uchun dezinformasion reja tayyorlamoqda

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, reja “Maydan-3” deb nomlangan. Ukraina prezidenti Bloomberg agentligiga Rossiya yakunda prezidentni lavozimidan chetlashtirish uchun Ukraina ichida tartibsizlik yaratishni maqsad qilgan.

"Ular uchun Maydan — to‘ntarish, shuning uchun ham operasiya mohiyati tushunarli", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

14 noyabr kuni Online.ua nashri Rossiya Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida keng ko‘lamli “Maydan–3” axborot hujumiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi. Unga ko‘ra, Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan axborot kampaniyasi 2023 yilning noyabr–dekabr oylariga mo‘ljallangan.