+22° Kechasi +16°
Toshkent (Bugun, 10 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 695.00 so'm (+11.01 so'mga)
138.12 so'm (-1.12 so'mga)
13 648.39 so'm (+0.42 so'mga)
17-11-2023, 10:13
216

Putin iqtisodni G‘arbdan ko‘ra yaxshiroq tushunadi — ekspert

Putin iqtisodni G‘arbdan ko‘ra yaxshiroq tushunadi — ekspert

G‘arb va Rossiya orasida kechayotgan energetika urushida Putin yutib chiqmoqda, deb yozadi UnHerd nashri sharhlovchisi Ralf Shellhammer.

"Energetika hali ham geosiyosatda asosiy rol o‘ynaydi va Putin buni G‘arbdagi raqiblariga qaraganda yaxshiroq tushunadi. Shu sababli energetika kurashida Moskvani mag‘lub etib bo‘lmaydi", - dedi Shellxammer.

G‘arb Rossiya iqtisodiga qarshi son sanoqsiz sanksiyalari kiritishiga qaramasldan Rossiya iqtisodi o‘sish namoyish qilmoqda. Nefti narxiga qo‘yilgan cheklovlarga qaramasdan Rossiya o‘z neftini bozor narxlarida sotmoqda. Cheklovlar tufayli neftning bozor narxi oshib, G‘arb iqtisodiga zarar yetkazmoqda.

Ustiga-ustak, G‘arb yashil energetikaga urg‘u berishi, uni g‘ar qadamda targ‘ib qilishi ham kutilganidek, Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkaza olmadi. Rossiya an’anaviy energiya manbaalari va atom energetikasini rivojlantirgan holda, o‘z iqtisodini ishonchli ta’minlamoqda.

Ushbu vaziyatlarni hisobga olgan holda, maqola muallifi Rossiya bilan energetik hamkorlikni qayta tiklash va “energiya klapanini ochishi”ni taklif qildi. Bu holatda, deya tushuntirdi jurnalist, yoqilg‘i narxi tushishi mumkin.

Oxir-oqibat Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlari o‘n yilliklar ichida rekord darajadagi inflyasiyaga duch kelishmoqda.