Qabul qilingan qonun Qo‘shma Shtatlarga federal hukumat ishini to‘xtatib qo‘ymaslikka imkon beradi. Hujjatda Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatish xarajatlari kiritilmagan.
AQSh Kongressi hali Ukrainaga harbiy yordamni o‘z ichiga olgan yillik byudjetni tasdiqlagani yo‘q. Yangi byudjet bo‘yicha munozaralar sentyabr oyida boshlandi, konservativ respublikachilar xarajatlarni keskin qisqartirishni taklif qilishdi, demokratlar esa qisqartirishlar juda ko‘p bo‘lsa, loyihani to‘sib qo‘yish bilan tahdid qilishdi.
“Xabarlar.Net” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring