+24° Kechasi +16°
Toshkent (Bugun, 10 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 695.00 so'm (+11.01 so'mga)
138.12 so'm (-1.12 so'mga)
13 648.39 so'm (+0.42 so'mga)
17-11-2023, 08:59
139

Japarov Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi

Japarov Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi

Bugun, 17 noyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Yaponiya poytaxtiga rasmiy tashrifi doirasida Imperator Naruxito va rafiqasi Masako bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, imperator oilasi Qirg‘iziston Prezidenti va birinchi xonimini qutlar ekan, Sadir Japarovning Yaponiyaga tashrifi Qirg‘iziston-Yaponiya munosabatlariga ijobiy ta’sir qilishiga umid bildirgan.

O‘z navbatida, Sadir Japarov mehmondo‘stlik uchun rahmat aytib, Yaponiya o‘zining boy tarixiy an’analari va qadimiy madaniyati bilan Qirg‘iziston uchun do‘st mamlakat ekanini ta’kidlagan.

Qirg‘iziston Prezidenti imperatorga chuqur hurmat-ehtirom izhor etib, unga “REYVA”ning yangi davrida ham farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Keyin Prezident Sadir Japarov va uning rafiqasi Oygul Japarova sharafiga imperator Naruxito va uning rafiqasi Masako nomidan ziyofat uyushtirilgan.