+24° Kechasi +16°
Toshkent (Bugun, 10 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 695.00 so'm (+11.01 so'mga)
138.12 so'm (-1.12 so'mga)
13 648.39 so'm (+0.42 so'mga)
17-11-2023, 05:15
64

Chexiya Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Chexiya Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Chexiya hukumati ushbu mamlakat hududida joylashgan, hali sanksiyalarga duchor bo‘lmagan Rossiya davlat aktivlarini muzlatib qo‘ydi.

"Mening taklifim bilan hukumat bugun Chexiya Respublikasidagi Rossiya davlat aktivlarining muzlatilishini ma’qulladi. Bu Rossiya ukrainaliklarning qotilliklarini moliyalashtirgan tijorat faoliyatini tugatadi", — dedi Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipovskiy.

Vazirning ta’kidlashicha, gap Rossiya Federasiyasi Prezidenti ma’muriyatiga tegishli "Chet eldagi aktivlarni boshqarish korxonasi"ning aktivlari haqida ketmoqda.

Unga ko‘ra, sanksiyalar, asosan, Praga va Karlovi Varidagi ko‘chmas mulkni o‘z ichiga olgan. Bu mulklar sotilmasligi uchun bloklanadi. Mazkur binolarni rossiyaliklardan ijaraga olganlar u yerda qolishlari mumkin, ammo endi ular ruslar kira olmaydigan maxsus hisob raqamiga ijara haqini to‘lashlari kerak.

Lipovskiy boshqa Yevropa davlatlarini ham o‘z hududida qolayotgan Rossiya aktivlarini muzlarishga chaqirdi.