Xususan, o‘rganish davomida banklar tomonidan taklif etayotgan kredit va omonatlar haqidagi axborotlar iste’molchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor qilinishi hamda bank kartalari orqali xizmatlar ko‘rsatilishi to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi holatlari aniqlandi.
Ushbu holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun O‘zbekistonning "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunining 57-moddasiga muvofiq, 21 ta tijorat bankiga nisbatan chora qo‘llanilib, bunda 16 ta tijorat bankidan jarimalar undirildi hamda 5 ta tijorat bankiga ogohlantirish berildi.
Iste’molchilar bank xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha oqilona qarorga kelishlari uchun tijorat banklaridan iste’molchilarga bank xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor qilishi va ularning shartlarini batafsil tushuntirishi lozimligi bildiriladi.
“Xabarlar.Net” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring