+20° Kechasi +14°
Toshkent (Bugun, 11 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 695.00 so'm (+11.01 so'mga)
138.12 so'm (-1.12 so'mga)
13 648.39 so'm (+0.42 so'mga)
17-11-2023, 05:40
183

Toshkent viloyatida qo‘ziqorinchilikni rivojlantirish boshlanadi

Toshkent viloyatida qo‘ziqorinchilikni rivojlantirish boshlanadi

"2024 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanini Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovasion va “yashil texnologiyalar” hamda boshqaruvda zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan “Toshkent dengizi” suv ombori atrofida joylashgan Adolat, Oltio‘g‘il, Burganlik, Nomdanak hamda O‘rtabo‘z mahallalarida zamonaviy turistik zonalarni va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini rivojlantirish uchun mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda O‘rta Chirchiq tumani Burganlik mahallasida savatchilikni rivojlantirish hamda Do‘stlik mahallasida qo‘ziqorinchilikni rivojlantirish orqali aholi rasmiy bandligini ta’minlaydi.

Energetika vazirligi hamda Toshkent viloyat hokimligi bilan birgalikda, joriy yilda jami 189 ta aholi xonadonida va 2 ta ko‘p qavatli uyda qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatish hamda kichik fotoelektr stansiyalari barpo etishni ta’minlaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining O‘rta Chirchiq tumanida paxta va g‘alladan qisqartirilgan va aholiga dehqon xo‘jalik yuritish uchun uzoq yillik ijara asosida ajratilayotgan 26 gektar yer maydonida hamda aholi xonadonlarida yengil tipda issiqxonalarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

Toshkent viloyat hokimligi O‘rta Chirchiq tumanidagi 54 ta baliqchilik fermer xo‘jaliklarining sun’iy ko‘llariga 2023-2024 yillarida quyosh panellari, aerator va ozuqalantirish moslamalarini o‘rnatish ishlarini tashkil etish choralarini ko‘radi.