+22° Kechasi +16°
Toshkent (Bugun, 10 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 695.00 so'm (+11.01 so'mga)
138.12 so'm (-1.12 so'mga)
13 648.39 so'm (+0.42 so'mga)
17-11-2023, 05:38
176

Chilonzor tumani Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladi

Chilonzor tumani Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladi

"2024 yilda Toshkent shahar Chilonzor tumanini Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovasion va “yashil texnologiyalar” hamda boshqaruvda zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar Chilonzor tumanini 2024 yilda rivojlantirish, kambag‘allikdan chiqarishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

sektor rahbarlarining faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini hududdagi ehtiyojmand aholini individual dasturlar orqali kambag‘allikdan chiqarish natijalari asosida baholash;

hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, jumladan Xitoy tajribasi asosida tadbirkorlik sub’ektlarini innovasion faoliyatga keng jalb etish, kambag‘al aholini arzon va uzluksiz energiya bilan ta’minlashda innovasion hamda yashil texnologiyalarni joriy etish;

mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xorijiy investisiyalarni jalb qilish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, jumladan o‘z faoliyatiga innovasion yechimlarni tatbiq etgan tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda ishsizlikdan xoli hududga aylantirish;

mahallalar “drayveri”dan kelib chiqqan holda ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish;