+26° Kechasi +15°
Toshkent (Bugun, 21 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
17-11-2023, 05:02
116

AQSh Rossiyadan neft tashiydigan tankerlarni ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh Rossiyadan neft tashiydigan tankerlarni ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) Rossiyaning 11 tashkilotiga, shuningdek, mamlakatdan neft tashish bilan bog‘liq uchta neft tankeriga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.

"ABS Electrical Engineering", "Esset Automation", "Esset Elektro", "Dominion Nikolskiy", "Dominion Tverskaya-Yaroslavskaya", "Umumrossiya ilmiy-tadqiqot, loyihalash va uchuvchi ishlab chiqarish bilan rele ishlab chiqarish texnologik instituti", "ABS ZEiM Automation", "Mosen Asset Management", "VNIIR Gidroelektroavtomatika", "VNIIR Promelektro" va "VNIIR-Transstroy" kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar qo‘llanildi.

Ushbu tashkilotlarning AQShdagi aktivlari muzlatiladi va AQSh fuqarolari yoki kompaniyalariga ular bilan biznes qilish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, BAAda ro‘yxatdan o‘tgan “Kazan Shipping Incorporated” yuk tashish kompaniyasi hamda Liberiyada ro‘yxatdan o‘tgan “Progress Shipping Company Limited” va “Gallion Navigation Incorporate” kompaniyalariga ham sanksiya qo‘yilgan.

Shuningdek, ushbu kompaniyalarga aloqador Kazan, Ligovsky Prospect va NS Century neft tankerlariga ham cheklovlar kiritildi. Uchta kema ham Liberiya bayrog‘i ostida ro‘yxatdan o‘tgan.

Tankerlarga nisbatan Rossiya neftini belgilangan chegaradan yuqori narxda tashigani uchun sanksiyalar joriy etilgan.