+26° Kechasi +14°
Toshkent (Bugun, 21 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
16-11-2023, 08:04
65

Bangladesh jinsi eksportini 100 milliard dollarga yetkazmoqchi

Bangladesh jinsi eksportini 100 milliard dollarga yetkazmoqchi

2030 yilgacha 100 mlrd dollarlik eksportga yetkazish uchun mamlakat jinsi mahsulotlar eksportini ikki barobarga oshirish zarurati 15-xalqaro Bangladesh Denim Expo ko‘rgazmasida muhokama qilindi.

Bangladesh allaqachon Yevropa Ittifoqi va AQShga eng yirik jinsi eksporteri hisoblanadi.

Denim va jinsi mahsulotlar eksporti Bangladeshning umumiy kiyim-kechak eksportining chorak qismini tashkil qiladi.

Mamlakatda AQShning LEED sertifikatiga ega 200 ga yaqin "yashil" kiyim-kechak fabrikalari mavjudligi Bangladesh kiyim-kechak sanoatining barqarorlikka sodiqligidan dalolat beradi. Dunyoning 10 ta eng yirik "yashil" fabrikalar orasida 8 tasi Bangladeshda joylashgan.