+19° Kechasi +13°
Toshkent (Bugun, 20 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
16-11-2023, 07:55
65

EK Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketini ishlab chiqishni yakunladi

EK Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketini ishlab chiqishni yakunladi

Evropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevrokomissiya (EK) bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi kengashiga Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzkorligi uchun yangi sanksiyalar paketi loyihasini taqdim etdi. Bu haqda 15 noyabr, chorshanba kuni Yevropa tashqi aloqalar xizmati (EEAS) xabar berdi.

12-paket doirasida Borrel Yevropa komissiyasi bilan birgalikda 120 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarni «Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishdagi roli uchun» sanksiya ro‘yxatiga kiritishni taklif qilmoqda. Gap, boshqa narsalar qatorida, Rossiya harbiy, mudofaa va IT-sektorlari vakillari, shuningdek, «boshqa muhim iqtisodiy operatorlar» haqida bormoqda.

Yangi import va eksport cheklovlari

Bundan tashqari, EEAS press-relizida ta’kidlanganidek, import va eksportga yangi cheklovlar, shuningdek, neft narxining yuqori chegaralari hamda YEIning amaldagi sanksiyalarini chetlab o‘tishga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar taklif etiladi.

Avvalroq Bloomberg Yevropa Ittifoqidan olingan hujjatlarga tayanib, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarning 12-paketi doirasida Rossiya Ukrainada qo‘llangan qurollarni ishlab chiqarishda foydalanadigan stanoklar va butlovchi qismlarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqlamoqchi ekanini xabar qilgan edi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga kimyoviy moddalar, litiyli batareyalar, termostatlar, servodvigatellar va dronlar uchun dvigatellar olib kirishni taqiqlashni taklif etmoqda. Yangi sanksiyalar paketi 2024 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya olmoslarini Yevropa Ittifoqiga olib kirishni taqiqlashni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

EI davlatlari muhokamalarni 17 noyabrda boshlaydi