+26° Kechasi +15°
Toshkent (Bugun, 21 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
16-11-2023, 07:34
62

Bodring va uzum ikki barobar qimmatladi

Bodring va uzum ikki barobar qimmatladi

Oxirgi haftada bozor va do‘konlarda ayrim meva va sabzavotlarning narxi sezilarli darajada tezroq ko‘tarila boshlaganini kuzatish mumkin bo‘lmoqda. Bu haqda iqtisodchi-bloger Otabek Bakirov xabar bermoqda.

Qayd etish lozimki, Iqtisodiyot va moliya vazirligining har kuni Qo‘ylik bozoridan uzatayotgan narx indekslarida ham buni ko‘rish mumkin.

Demak, 15 noyabr kuni (https://t.me/minecofinuz/8246) holatiga 8 noyabr (https://t.me/minecofinuz/8199) bilan solishtirganda ulgurji narxlar maksimumlari quyidagicha o‘zgargan:

Sarimsoq piyoz 22 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha; Mandarin 30 ming so‘mdan 35 ming so‘mgacha; Pomidor 20 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha; Anor 23 ming so‘mdan 35 ming so‘mgacha; Behi 15 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha qimmatlagan.

Lekin eng sezilarli narx ko‘tarilishi bodring va uzum bilan ro‘y bergan.

Bodring yuqori narxlari 9 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha, uzum esa 45 ming so‘mdan 90 ming so‘mgacha oshgan.