+19° Kechasi +13°
Toshkent (Bugun, 20 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
25-08-2023, 06:22
494

Saloh Saudiya klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi

Saloh Saudiya klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Al Ittihod"ga o‘tishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi beIN Sports. Endi Saudiya klubi "qizillar" bilan transfer summasini kelishib olishi kerak.

Avvalroq “Al-Ittihod” Saloh uchun 90 million yevro to‘lashga tayyorligi, bu Saudiya Ligasi tarixidagi rekord transfer bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Saloh joriy mavsumda “Liverpul” tarkibida 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning mersisaydliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt futbolchini 65 million yevroga baholamoqda.