+26° Kechasi +14°
Toshkent (Bugun, 21 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
12-09-2023, 08:21
512

MYu Antoni va Sanchosiz Braytonga qanday qarshilik ko‘rsatadi?

MYu Antoni va Sanchosiz Braytonga qanday qarshilik ko‘rsatadi?

Erik ten Xag oldida navbatdagi tur bahslari oldidan katta muammo turibdi. Negaki, "MYu"ning hujumida muammolar vujudga kelgan. Jamoa esa o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qilishi kerak. Undan keyin esa "Bavariya" mehmoni bo‘ladi. Klub o‘z rasmiy saytida Antonining maydonga tusha olmasligini tasdiqladi. Negaki, braziliyalik futbolchiga zo‘rovonlik aybi tirkalmoqda. Uning pozisiyasidagi yana bir hujumchi Sanchodir. Ammo u Erik ten Xag bilan "sen-men"ga borib qolgani sababli maydonga tushmasligi mumkin. Shunday bir paytda ten Xag yaxshilab o‘ylashi va hujumdagi muammoli masalaga yechim topishi zarur.

Qanotdagi bo‘shliqni to‘ldirishning bir yo‘li - bu Fakundo Pelistridan foydalanish. 21 yoshli hujumchi yoz davomida ijara shartnomalarini qabul qilmadi. Endi esa unda asosiy tarkibga kirib olish uchun yaxshi imkoniyat bor. O‘tgan mart oyida ten Xag Pelistrini asosiy tarkibga loyiq deb atagan. Shuningdek, Amad Diallo varianti ham yo‘q emas. Biroq u tizzasidan operasiya qilingach, qaytish vaqti anchagacha cho‘ziladi. Qolaversa, o‘ng tomonga Alexandro Garnachoni ham qo‘yish mumkin. Argentinalik hujumchi "Arsenal"ga qarshi bahsning qahramonlaridan biri bo‘lishi mumkin edi. Ammo uning so‘nggi daqiqalarda urgan goli offsayd tufayli bekor qilingan. Aslini olganda, Garnacho chap qanot futbolchisi. Ammo o‘tgan mavsumda "MYu" o‘yinlarini kuzatgan muxlis biladiki, 19 yoshli iqtidor o‘ngda ham birdek harakat qila oladi.

Erik ten Xag foydalanishi mumkin bo‘lgan uchinchi taktik sxema bu o‘ngga Brunu Fernandeshni qo‘yishdir. Shuningdek, Meyson Maunt ham ayni rolga mos keladi. Har ikki yarim himoyachi o‘z faoliyati davomida shunday vazifani bajarib ko‘rgan. Ayniqsa, Fernandesh o‘tgan mavsumda qanotda ancha foydali bo‘la olgandi. Ha, 29 yoshli yarim himoyachi maydon markazida jamoaga ko‘proq yordam beradi. Ammo yarim himoyaga Sofyan Amrabatni qo‘shish orqali Brunu Fernandeshning o‘rnini to‘ldirsa bo‘ladi. 1 sentyabr kuni sotib olingan Amrabatdan ko‘pchilik katta narsalarni kutmoqda. Afsuski, u ham jarohat olib, bir necha haftani o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lyapti.

Meyson Maunt o‘z jarohatidan xalqaro tanaffuslardan so‘ng qaytishi kutilmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda 18 yoshli Kobbi Meynu ham oy oxirigacha tuzalishi aytilgan. Erik ten Xagning asosiy tarkibi o‘zgarishlar bo‘sag‘asida turibdi. Himoyadagi Diyegu Dalotning o‘rni Serxio Regilonga bo‘shatib beriladi. Markaziy hujum esa Xyoylunn va Marsyal o‘rtasida daqiqalar asosida taqsimlanadi.