+26° Kechasi +15°
Toshkent (Bugun, 21 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
12-09-2023, 04:22
535

Portugaliya terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabaga erishdi

Portugaliya terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabaga erishdi

Portugaliya terma jamoasi Yevro-2024 saralash turnirida rekord darajadagi yirik g‘alabaga erishdi.

Roberto Martines shogirdlari 6-turda Lyuksemburgni mag‘lub etishdi - 9:0. Bungacha Portugaliya terma jamoasi hech qachon 8 to‘p farqi bilan g‘alaba qozonmagan edi.

Portugaliya "J" guruhida 6 o‘yindan so‘ng 18 ochko bilan peshqadam va ikkinchi o‘rindagi Slovakiyadan 5 ochko oldinda.

Keyingi o‘yinda Portugaliya terma jamoasi o‘z uyida Slovakiyaga, Lyuksemburg esa mehmonda Islandiyaga qarshi bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.