+26° Kechasi +15°
Toshkent (Bugun, 21 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
11-09-2023, 17:15
99

AQShning uch prezidenti Kori Goffni tabrikladi

AQShning uch prezidenti Kori Goffni tabrikladi

Uch nafar Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentlari amerikali 19 yoshli Kori Goffni US Open turniridagi tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi.

"Biz sizning kortdagi va uning tashqaridagi harakatlaringizdan faxrlanamiz. Bilamizki, hali katta yutuqlar oldinda", - deya tabrik yozgan AQSh sobiq prezidenti Barak Obama.

Shuningdek, yana bir sobiq prezident Bill Klinton ham Kori Goffni yorqin kelajak kutayotganini ta’kidlagan. Amaldagi AQSh prezidenti Jo Bayden telefon qo‘ng‘irog‘i orqali Kori va uning ota-onasini tabriklagan.