+24° Kechasi +17°
Toshkent (Bugun, 10 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 683.99 so'm (+35.87 so'mga)
139.24 so'm (+0.82 so'mga)
13 647.97 so'm (+25.94 so'mga)
16-11-2023, 01:09
217

Rostdan ham internet yaqin kelajakda yo‘q bo‘lib ketadimi?

Rostdan ham internet yaqin kelajakda yo‘q bo‘lib ketadimi?

Kelgusi yillarda dunyo internet tizimlarining izdan chiqishi bilan bog‘liq jiddiy tahdidga duch kelishi mumkin, deya ogohlantirmoqda olimlar.

Jorj Meyson universitetining fizika va astronomiya bo‘yicha professori Piter Bekker tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, kuchli quyosh bo‘ronlari global aloqa tizimiga, jumladan, internetga jiddiy zarba berishi mumkin.

Quyoshdan zaryadlangan zarrachalar emissiyasi oqibatida yuzaga kelgan bu bo‘ronlar Yerning magnit maydoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa sun’iy yo‘ldoshlar va yerdagi aloqalarning jiddiy buzilishiga olib keladi.

Bunday hodisaga 1859 yildagi Karrington voqeasi misol bo‘la oladi, buning oqibatida telegraf tizimi vayron bo‘lgan va operatorlarni elektr toki urishi bilan yakunlagan.

Bekker va uning hamkasblari sun’iy yo‘ldoshlarni o‘z vaqtida xavfsiz rejimga o‘tkazish va shikastlanmasligi uchun transformatorlarni elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yish imkonini beruvchi erta ogohlantirish tizimini yaratish ustida ishlamoqda. Loyiha uchun 13 million dollardan ortiq mablag‘ ajratildi.

Biroq, quyosh bo‘ronlarining vaqti va ko‘lamini bashorat qilish zilzilalarni bashorat qilish kabi qiyin bo‘lib qolmoqda.