+19° Kechasi +13°
Toshkent (Bugun, 20 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-11-2023, 14:44
64

Mask xAI startapini X platformasi bilan integrasiya qiladi

Mask  xAI startapini X platformasi bilan integrasiya qiladi

Milliarder Ilon Maskning sun’iy intellekt sohasidagi xAI startapi ilgari Twitter nomi bilan tanilgan X ijtimoiy tarmog‘iga integrasiya qilinadi. Bu haqda Ilon Mask ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “DW” nashri.

Xabar berilishicha, ushbu qaror Mask sun’iy intellekt rivojlanishini olti oyga to‘xtatishga chaqirganidan olti oy o‘tgach sodir bo‘ldi. Biroq, uning shaxsiy AI kompaniyasi hisoblanadigan xAI xuddi o‘sha paytda tashkil etilgan.

Shu bilan birga, xAI o‘zining birinchi AI modeli, Grok nomli botni ishga tushirdi. U barcha X Premium+ obunachilariga taqdim etilgan.

"Grokning o‘ziga xos va asosiy afzalligi shundaki, u X platformasi orqali dunyo haqida real vaqt rejimida bilimga ega. Shuningdek, u boshqa ko‘plab AI tizimlari tomonidan rad etilgan achchiq savollarga ham javob beradi", deya bayonot bergan xAI jamoasi.

Bildirilishicha, Mask egalik qiladigan X platformasi xAI dan alohida kompaniya hisoblanadi, ammo ular yaqindan hamkorlik qiladi. xAI Tesla va boshqa kompaniyalar bilan ham ishlaydi.