+18° Kechasi +13°
Toshkent (Bugun, 20 may)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-11-2023, 14:40
106

Xitoy ““Tianhui-5” masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi

Xitoy ““Tianhui-5” masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi

Xitoy Yerni masofadan zondlovchi ““Tianhui-5” sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda Xitoy ayerokosmik fan va texnologiya korporasiyasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, qurilma Xitoy shimolidagi Tayyuan kosmodromidan CZ-6 raketasi yordamida mahalliy vaqt bilan 06:50da orbitaga chiqarilgan.

Qayd etilishicha, " “Tianhui-5" asosan geografik hisob-kitoblar bilan bog‘liq loyihalarda, yer resurslarini o‘rganishda va ilmiy tajribalar o‘tkazishda qo‘llaniladi. CZ-6 suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan uch bosqichli raketa bo‘lib, maksimal diametri 3,35 m, uzunligi 29,2 m ga yetadi va 1 tonna foydali yukni quyosh sinxron orbitasiga chiqarishga qodir.