U 2018 yildan shu kunga qadar O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi lavozimida ishlagan.
2000 yildan tashqi siyosat bo‘limida ish boshlagan, markaziy apparatda va O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan. U Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va NATO bilan hamkorlik bo‘yicha direksiyasini boshqargan. Shuningdek, u Fransiyada va bir vaqtning o‘zida vaqtincha Italiya hamda Portugaliyada elchi lavozimida ham ishlagan.
Ravshan Usmonov 2019 yildan buyon Londondagi elchi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov o‘rnini egalladi.
“Xabarlar.Net” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring