+27° Kechasi +15°
Toshkent (Bugun, 1 oktabr)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 175.07 so'm (-7.94 so'mga)
125.42 so'm (-0.84 so'mga)
12 831.31 so'm (-33.95 so'mga)
27-08-2023, 01:10
3

Ruminiyada kuchli portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Ruminiyada kuchli portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Ruminiyaning Krevediya qishlog‘ida (Dymbovita okrugi) LPG yoqilg‘i quyish shoxobchasida ketma-ket ikki marta portlash sodir bo‘lishi natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida bir kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Ruminiya matbuotiga ko‘ra, soat 19:00 atrofida sodir bo‘lgan birinchi portlashdan keyin yong‘in kelib chiqqan, u hali o‘chirilmagan. Yong‘in ikkita tank va yaqin atrofdagi uyni qamrab olgan. Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksandru Rafilning so‘zlariga ko‘ra, yetti kishi turli darajadagi kuyishlar olgan.

Taxminan ikki soatdan so‘ng ikkinchi portlash sodir bo‘lib, 26 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat oldi, dedi ichki ishlar vazirligi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Raid Arafat. Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi portlashlar xavfi saqlanib qolmoqda.

Rasmiylar aholini taxminan 300 m radiusda evakuasiya qildi va Buxarest yo‘nalishi bo‘ylab kuchli tutun tarqalayotgani haqida ogohlantirdi.

Shahar chekkasida havo ifloslanishi ortib borayotgani qayd etilgan, fuqarolarga derazalarni yopish tavsiya etilgan. Voqea sodir bo‘lgan hududda transport harakati to‘xtatilgan, o‘nlab o‘t o‘chirish mashinalari va tez yordam mashinalari ishlamoqda.