“Ta’kidlashni istardimki, ushbu dastur Markaziy bankdagi raqamli valyuta hisobiga ulangan dunyodagi birinchi debet to‘lov kartasidir”, deydi Jalenov marosimda.
Qozog‘iston Milliy banki ikkinchi darajali banklar va ularning mijozlari ishtirokida raqamli tenge platformasini sinovdan o‘tkazdi. Platforma arxitekturasi bank mijozlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankning mobil ilovasida raqamli hisob ochish orqali raqamli tengedan foydalanish imkonini beradi.
Raqamli tenge naqd va naqdsiz pullarning mavjud afzalliklarini o‘zida mujassam etgan holda, maqsadli ijtimoiy to‘lovlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi, davlat xaridlari samaradorligini oshiradi, transchegaraviy to‘lovlarni optimallashtiradi va dasturlashtiriladigan to‘lovlarni yaratadi. Raqamli tengening uch bosqichli amalga oshirilishi 2025-yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.
“Xabarlar.Net” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring