Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 17.11.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi S.Umarovga tegishli bo‘lgan Sergeli tumani, Quruvchilar mavzesi, 14-uy, 3-xonadonga kiritish belgilangan edi.
Ijro harakatlari davrida bir necha bor qarzdor M.Umarova tomonidan qarshilik ko‘rsatilgan edi.
Jumladan, ushbu holat bo‘yicha qarzdor M.Umarovaga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan edi.
Shundan so‘ng, joriy yilning 8 sentyabr kuni Byuroning Sergeli tuman bo‘limi davlat ijrochisi B.Eshonqulov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida kiritib qo‘yishligi ta’minlandi.
“Xabarlar.Net” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring