+27° Kechasi +15°
Toshkent (Bugun, 1 oktabr)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 175.07 so'm (-7.94 so'mga)
125.42 so'm (-0.84 so'mga)
12 831.31 so'm (-33.95 so'mga)
12-09-2023, 16:48
15

Isroil Ukrainadagi urush tufayli O‘zbekiston va Ozarbayjondan bug‘doy sotib olmoqchi

 Isroil Ukrainadagi urush tufayli O‘zbekiston va Ozarbayjondan bug‘doy sotib olmoqchi

Yaqinda Isroil Ozarbayjon va O‘zbekistondan bug‘doy import qilish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Mamlakat iste’mol qilinadigan bug‘doyning taxminan 90 foizini import qiladi, shuning uchun Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli tajovuzi tufayli yetkazib berishdagi uzilishlar oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Mako veb-sayti xabar berishicha, tuzilgan shartnomalar qishloq xo‘jaligi texnologiyalari evaziga Isroil uchun bu ikki davlatda bug‘doy yetishtirishni nazarda tutadi.

Isroil qishloq xo‘jaligi vaziri Avi Dixter ushbu shartnoma imzolanishini olqishladi va ko‘plab davlatlar Isroil bilan shu kabi kelishuvlarga qiziqish bildirganligini, shuning uchun uning bo‘limi mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun ta’minot manbalarini diversifikasiya qilishni davom ettirishini ta’kidladi.