+27° Kechasi +15°
Toshkent (Bugun, 1 oktabr)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 175.07 so'm (-7.94 so'mga)
125.42 so'm (-0.84 so'mga)
12 831.31 so'm (-33.95 so'mga)
12-09-2023, 16:44
9

Hindiston - Yaqin Sharq - Yevropa koridori Turkiyasiz ishlamaydi! - Rajab Toyyib Erdo‘g‘on

Hindiston - Yaqin Sharq - Yevropa koridori Turkiyasiz ishlamaydi! - Rajab Toyyib Erdo‘g‘on

Turkiya prezidenti Hindiston-Yaqin Sharq-Evropa iqtisodiy koridori loyihasidan o‘ta noroziligini bildirdi. Xususan, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyasiz bu yo‘lakni amalga oshirish mumkin emasligini aytdi: "Turkiya sharqdan g‘arbga sayohat qilish uchun eng yaxshi yo‘l"

Hindiston-Yaqin Sharq-Evropa iqtisodiy koridori (IMEC) deb nomlangan transport aloqasi Gresiya va Yevropaga yetib borgunga qadar BAA, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Isroil orqali o‘tadigan temir yo‘l va yuk tashish liniyalarini o‘rnatishni maqsad qilgan.

Ushbu yo‘lak bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSh va G20ning boshqa bir qancha hamkorlari tomonidan imzolangan.