49
Ayrim fuqarolarga ko‘chmas mulk uchun kadastr hujjati nega berilmasligi aytildi
Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasporti berishni rad etishga sabab bo‘ladigan birinchi holat — hujjat bo‘yicha so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishidir.
Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi ham kadastr pasporti olishga to‘sqinlik qiladi.
Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda ham hujjat berish rad etiladi.
Shu bilan birga, vakolatli organlar tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk ob’ektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilgan bo‘lsa ham kadastr pasporti berilmaydi.
“Xabarlar.Net” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring