10
G20 deklarasiyasi barcha rivojlanish va geosiyosat masalalari bo‘yicha to‘liq konsensusga erishdi
Bu haqda Amitabh Kantv “X” ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
“Bu G20 tomonidan barcha rivojlanish va geosiyosiy masalalar bo‘yicha 100% konsensus bilan qabul qilingan tarixiy va innovasion deklarasiya”, — dedi u.
Hindiston vakilining fikricha, yangi geosiyosiy sharoitlar sayyoramizga, odamlarga, zamonaviy dunyoda tinchlik va farovonlikka kuchli da’vatdir.
A.Kantv deklarasiyada kuchli, barqaror, muvozanatli va inklyuziv rivojlanish, barqaror kelajak uchun “yashil” rivojlanish masalalariga ham e’tibor qaratilganini ta’kidladi.
Qayd etish joizki, G20 davlatlari ham ochiq va adolatli savdoni rag‘batlantirish va eksport taqiqlarini qo‘llamaslik majburiyatlarini olgan.
Bundan tashqari, G20 yetakchilari butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa, past va o‘rta daromadli mamlakatlar uchun xavfsiz, yuqori sifatli vaksinalar va dori vositalaridan teng foydalanishga chaqirdi, shuningdek, turli mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimlarining barqarorligini oshirish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangi ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
“Xabarlar.Net” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring