36
”Xanchjou - 2022” o‘yinlari g‘oliblariga O‘zbekiston qancha pul mukofoti beradi?
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 5 000 AQSh dollari miqdorida mukofotlansa, kumush va bronza medali sohiblari 3 ming va 2 ming AQSh dollari bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, "Xanchjou-2022" o‘yinlarida g‘olib va sovrindor sportchilar qo‘shimcha ravishda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi: Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari: oltin medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida; kumush medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida; bronza medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi;
Eslatib o‘tamiz, Xitoyda o‘tkaziladigan "Xanchjou-2022" Osiyo o‘yinlarida mamlakatimizning 400 nafardan ziyod sportchi yoshlari 39 ta sport turidagi bahslarda vatanimiz sharafini himoya qilishi kutilmoqda.
“Xabarlar.Net” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring