+16° Kechasi +10°
Toshkent (Bugun, 29 noyabr)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 315.00 so'm (+4.96 so'mga)
138.99 so'm (+0.3 so'mga)
13 489.85 so'm (+11.59 so'mga)
05-09-2023, 16:51
26

Arman muxolifati yetakchisi: “Pashinyan mamlakatni bo‘lib tashlaydi”

Arman muxolifati yetakchisi: “Pashinyan mamlakatni bo‘lib tashlaydi”

“Bosh vazir Nikol Pashinyan Armanistonni KXSHT va NATO o‘rtasidagi mojaro markaziga qo‘ydi. Demak, yurtimiz bo‘linadi”. Bu haqda “Armaniston” alyansi yetakchisi, parlamentning sobiq deputati Andranik Tevanyan aytdi.

Oqsoqollar kengashi saylovlarida ishtirok etuvchi yagona tashkilot – “Armaniston” alyansi rahbari hokimiyatni butunlay almashtirishni taklif qildi.

Uning qayd etishicha, alyans a’zolari uyma-uy, hovlima-hovli yurib, signal berishadi. Tevanyaning fikricha, Armanistonning mavjudligi xavf ostida.