+17° Kechasi +10°
Toshkent (Bugun, 29 noyabr)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 315.00 so'm (+4.96 so'mga)
138.99 so'm (+0.3 so'mga)
13 489.85 so'm (+11.59 so'mga)
28-08-2023, 17:07
31

Bakalavrda o‘qiyotgan ayrim xotin-qizlar kontraktini to‘lab berish tartibi: muhim 5 savolga javob

Bakalavrda o‘qiyotgan ayrim xotin-qizlar kontraktini to‘lab berish tartibi: muhim 5 savolga javob

Qanday toifadagi xotin-qizlarning kontrakt pullarini davlat to‘lab beradi? Kimga, qachon murojaat qilish kerak? Hudud24.uz bakalavr bosqichida o‘qiyotgan ayrim toifadagi xotin-qizlarning kontrakt pullarini davlat tomonidan to‘lab berish tartibi haqida ma’lumot beradi.

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan xotin-qizlar davlat OTMlari bakalavr bosqichida kontrakt asosida o‘qiganida ularning kontrakt to‘lovlari hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi.

Magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlar kontrakti to‘lab beriladi, bu haqida navbatdagi maqolalarimizda batafsil ma’lumot beriladi.

Yo‘q, ikkinchi mutaxassislikda yoki O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi.

Shuningdek, kontrakti to‘lab beriladigan xotin-qizlarlar soni cheklangan va bu ijtimoiy mezonlar asosida aniqlanadi. Bunda har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizlar kontrakti to‘lab beriladi, ularning 40 tasi 1-kurs uchun, 100 tasi 2- va undan yuqori kurs uchun.

Kontrakti to‘lab beriladigan xotin-qizlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

a) “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar;

b) yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;

v) boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
Xotin-qizlar kontraktini to‘lash uchun arizani “mandat” e’lon qilingan kundan boshlab arizani 10 kun ichida OTM qabul komissiyasiga berishi kerak. Hozir ariza berishning ayni vaqti.
Arizaga hech qanday hujjatlarni ilova qilish shart emas, kerakli hujjatlarni OTM qabul komissiyasi eletkron shaklda o‘zi oladi.