6
To‘palang daryosining yuqori oqimida yana 20 ta GES qurish imkoniyati bor – Prezident
Bu borada 165 million dollar investisiya evaziga “To‘palang” GESni modernizasiya qilish, “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GESlarini ishga tushirish orqali quvvatlar 251 megavattga yetkazildi. Ularga qo‘shimcha yana bir loyiha – “Zarchob-3” GES qurilishi ham boshlanayapti. Bu hali boshlanishi, dedi Prezident. To‘palang daryosining yuqori oqimida umumiy quvvati 265 megavatt bo‘lgan yana 20 ta GES qurish imkoniyati bor.
Shu bilan birga, 1 milliondan ortiq voha aholisi uchun toza ichimlik suvi orzu bo‘lib kelayotgandi. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, “To‘palang” suv omboridan Termiz shahri va 11 ta tumanga toza ichimlik suvi olib kelinayapti. Mazkur loyiha to‘liq ishga tushgach, 2 million aholida tunu-kun toza ichimlik suvi bo‘ladi.
“Xabarlar.Net” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring