Quyidagilar Chilonzor tumanini 2024 yilda rivojlantirish, kambag‘allikdan chiqarishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
sektor rahbarlarining faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini hududdagi ehtiyojmand aholini individual dasturlar orqali kambag‘allikdan chiqarish natijalari asosida baholash;
hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, jumladan Xitoy tajribasi asosida tadbirkorlik sub’ektlarini innovasion faoliyatga keng jalb etish, kambag‘al aholini arzon va uzluksiz energiya bilan ta’minlashda innovasion hamda yashil texnologiyalarni joriy etish;
mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xorijiy investisiyalarni jalb qilish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, jumladan o‘z faoliyatiga innovasion yechimlarni tatbiq etgan tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda ishsizlikdan xoli hududga aylantirish;
mahallalar “drayveri”dan kelib chiqqan holda ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish;
“Xabarlar.Net” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring