+27° Kechasi +15°
Toshkent (Bugun, 1 oktabr)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 175.07 so'm (-7.94 so'mga)
125.42 so'm (-0.84 so'mga)
12 831.31 so'm (-33.95 so'mga)
12-09-2023, 16:45
9

AQSh Senati Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qilmoqchi

AQSh Senati Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qilmoqchi

Har ikki partiya senatorlari Jekson-Venik qo‘shimchasini Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston uchun bekor qilish taklifi bilan chiqdi, deb yozadi Diplomat. Qo‘shma Shtatlar endi Qirg‘izistonga tuzatishni qo‘llamaydi.

Jekson-Venik tuzatmasi AQShning inson huquqlarini buzayotgan davlatlar bilan savdosini cheklaydi. U SSSR bilan tovar ayirboshlashni qisqartirish maqsadida joriy qilingan, ammo Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin ham o‘z kuchida qoldi. Alohida respublikalar uchun u bosqichma-bosqich bekor qilingan.

Ekspertlarning fikricha, Ukrainadagi urush va Rossiya bilan qarama-qarshilik fonida qolgan Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan tuzatishning bekor qilinishi mantiqiy qadam bo‘lib, ularning Rossiya Federasiyasidan bosqichma-bosqich chiqib ketishiga turtki bo‘ladi.