+27° Kechasi +14°
Toshkent (Bugun, 1 oktabr)

Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 175.07 so'm (-7.94 so'mga)
125.42 so'm (-0.84 so'mga)
12 831.31 so'm (-33.95 so'mga)
10-09-2023, 04:20
12

AQSh va Saudiya Arabistoni Yevropa va Osiyo o‘rtasida energiya yo‘laklarini yaratish bo‘yicha kelishib oldi

AQSh va Saudiya Arabistoni Yevropa va Osiyo o‘rtasida energiya yo‘laklarini yaratish bo‘yicha kelishib oldi

Saudiya Arabistoni va AQSh qayta tiklanadigan manbalardan olingan energiya resurslarini tashish uchun qit’alararo yo‘laklarni yaratishni ko‘zda tutuvchi anglashuv memorandumini imzoladi.

Juma kuni imzolangan hujjat Vashington va Ar-Riyod o‘rtasida Saudiya Arabistoni hududi orqali o‘tuvchi va Yevropa va Osiyo davlatlarini bog‘laydigan transport-energetika koridorini qurish bo‘yicha hamkorlik protokolini o‘rnatadi. Agentlik ta’kidlaganidek, loyiha toza energiya, jumladan, vodorodni tashish infratuzilmasini, shuningdek, raqamli ma’lumotlarni uzatish uchun optik tolali kabellar tarmog‘ini yaratishni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud Hindistonni Yaqin Sharq va Yevropa davlatlari bilan bog‘lovchi transport-iqtisodiy koridor yaratishni ko‘zda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganini ma’lum qilgan edi. Valiahd shahzodaning so‘zlariga ko‘ra, loyiha Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasida keng temir yo‘l tarmog‘ini qurish va port infratuzilmasini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.