“Kassini” zondi 2017 yilda Saturn tizimini o‘rganishni yakunladi, biroq mutaxassislar u to‘plagan ma’lumotlar ustida ishlamoqda. Enselade Saturnning oltinchi eng katta yo‘ldoshidir. U qalin muz qobig‘i bilan qoplangan, uning ostida okean mavjud.
Missiya davomida “Kassini” asboblari muzdagi yoriqlardan oqib chiqayotgan geyzerga o‘xshash suv oqimlarini aniqladi. Koinot chang analizatori ularning tarkibida uchuvchi moddalar, jumladan, karbonat angidrid, suv bug‘i va uglerod oksidi aralashmasi borligini ko‘rsatdi. Kam miqdordagi molekulyar azot, oddiy uglevodorodlar va murakkab organik moddalar ham aniqlangan.
Olimlar Enseladeda ammiak va noorganik fosfor mavjudligini ta’kidlashdi. Ular Renfild koeffisiyentini ham hisobga olishdi – uglerod, azot va fosfor nisbati, hayotning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi, deb xabar beradi mir24.tv.
“Xabarlar.Net” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring